2019 yil 11 iyun kuni Istanbul şahrida sodir bölgan avtohalokat oqibatida Özbekiston fuqarosi, 1987 yilda tuğilgan Muhayyo Şerdanova halok böldi. Bu haqda Özbekiston boş konsulxonasi ma'lum qildi.
Uşbu hodisada marhumaning 1976 yilda tuğilgan opasi Matluba Şerdonova jabrlangan va hozirda «Qonuniy Sulton Sulaymon» şifoxonasida koma holatida qolmoqda.
Boş konsulxona vaziyatni, jumladan, hodisa yuzasidan tergov jarayonini nazoratga olgan.
Avvalroq, 11 iyun kuni Istanbulning Uskyudar tumanida yuz bergan YTH oqibatida 24 yoşli özbekistonlik yigit vafot etgani, 31 may kuni Istanbulning Çekmeköy dahasida piçoqbozlik oqibatida 31 yoşli namanganlik halok bölgani, 30 may kuni Istanbulning Göztepa mahallasida gilamga öralgan ayol jasadi topilgani va u Özbekiston fuqarosi deb taxmin qilinayotgani haqida xabarlar berilgan edi.












