Tobora ko‘p mamlakatlar sirkdagi chiqishlarda hayvonlarning ishtirokidan voz kechmoqda. Bu jonivorlarni og‘ir hayot sharoitlari va zo‘ravonlikdan himoya qiladi. Biroq tomoshalar zavqini kamaytirmaydi. Axir, odamlar yangi tryuk va dekoratsiyalarni o‘ylab topishadi. Ayrim vaqtlarda esa zamonaviy texnologiyalar ularga yordamga keladi. Roncalli nemis sirki ana shuni muvaffaqiyatli tarzda namoyish etdi – u yerda sahnaga jonivorlar o‘rniga ularning gologrammalari chiqdi.
AdMe.ru nemis artistlarining topqirligi va ijodkorligiga qoyil qoldi va jonivorlardan foydalanmagan holda mashhurlikka erishgan bir necha mashhur sirklarni tanlashga qaror qildi.
Cirque du Soleil

Dunyodagi eng mashhuri, albatta, Cirque du Soleil. U mana 35 yildan beri mavjud va turli truppalardagi 4 mingga yaqin artistlarga ega. Ilk kunlardanoq sirk tomoshalarda jonivorlardan foydalanmaydi. Asosiy urg‘uni akrobatik nomer va g‘aroyib dizaynga qaratadi. Aynan Cirque du Soleil sirk san'ati haqidagi mavjud tasavvurlarni o‘zgartirib, ko‘pchilikni hayvonlarni tomosha ko‘rsatishga o‘rgatishdan voz kechishga undagan deb hisoblanadi.
Xitoy davlat sirki

Bu dunyodagi eng qadimiy sirk – uning yoshi 2 ming yilga yaqin. U tomoshabinlarni g‘aroyib chiqishlar, faqat shaolin monaxlarigina bajara oladigan murakkab tryuklari bilan hayratga soladi. Artistlar chiqishlarga jonivorlarni jalb etishmaydi.
«Ona Afrika» sirki

Tsirk Sharqiy Afrikaning turli burchaklaridagi 40 dan ortiq artistlarni birlashtirgan. Ularning chiqishlari juda rang-barang va jo‘shqin: murakkab akrobatik tomoshalar milliy musiqa va raqslar bilan almashadi. Tsirk artistlari ilk davrlardanoq jonivorlar chiqishlaridan voz kechishgan va o‘z kuchlari bilan mashhurlikka erishishgan.















