Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2019/2020 öquv yili davomida davlat umumiy örta ta'lim muassasalarida öquvçilar uçun zamonaviy yagona maktab formasini majburiy joriy etiş masalasi belgilangandi.
Kun.uz manbasi ma'lum qilişiça, mazkur qaror ijro etiş muddati ortga suriladi, ya'ni maktablarda majburiy forma joriy yilda tatbiq etilmaydi.
Ta'kidlanişiça, tegişli qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Qaror loyihasida majburiy maktab formasini tatbiq etiş muddati keçiktirilişi bayon qilingan.
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida yagona maktab formasi böyiça fikri bildirgandi.
«Bu yildan boşlab majburiy yagona maktab formasi joriy etilişi rejalaştirilgan. Lekin mavjud kamçiliklarni tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinişiga hali erta deb öylaymiz», — deb yozgandi u.
Xalq ta'limi vazirligi esa kam ta'minlangan oila farzandlari uçun xarid qilinadigan qişki kiyim-boş töplamlari örniga maktab formasi berişni taklif etgandi.
Avvalroq, öquvçilar ta'lim muassasasi binosi içida boş kiyimsiz yurişlari lozimligini eslatib Adliya vazirligi barçaga eslatma qilgandi.
Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qaror ida öquvçilarning ta'lim muassasasi binosida aynan boş kiyimsiz yurişi şartligi keng jamoatçilik muhokamasiga ham sabab bölgan. Uşbu masala erkin fuqaroning vijdon va diniy erkinliklariga xilof ravişda ma'qullangani e'tiroz bilan bildirilgandi.












