Xokkey böyiça klublar örtasidagi dunyoning eng nufuzli turniri – Stenli Kubogi nihoyasiga yetdi.

2018/19 mavsumi finalining 7-öyinida «Boston Bryuinz» öz maydonida «Sent-Luis Blyuz»ga 1:4 hisobida yutqazdi.

Natijada, umumiy 4:3 hisobida ğalaba qozongan «Sent-Luis Blyuz» öz tarixida ilk marotaba nufuzli sovrinni qölga kiritdi. Bungaça «blyuzmenlar» 1968-70 yillar davomida 3 marta finalda yutqazişgan edi.

Ma'lumot örnida, Stenli Kubogi 1927 yildan beri ötkazilmoqda. Unda eng köp marta Kanadaning «Monreal Kanadiyens» klubi ğalaba qozongan – 24.

MXL
Stenli Kubogi
Final, 7-öyin
Boston – Sent-Luis – 1:4 (0:2, 0:0, 1:2)
13 iyun, Boston, «TD Garden» 
Gollar: 0:1 – 16 O′Raylli (Petranjyelo, Baumister) 
    0:2 – 19 Petranjyelo (Şvars) 
    0:3 – 51 Şenn (Şvars, Tarasenko) 
    0:4 – 55 Senford (O′Raylli, Perron) 
    1:4 – 57 Gjyelçik (Kreyçi) 
Seriyadagi hisob: 3-4.