Moskva şahar sudida «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev işi apellyatsiya tartibida körib çiqildi.
Avvalroq, har ikkalasi bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Sud belgilangan qamoq jazosi va uning muddatini özgarişsiz qoldirdi.
Endi Aleksandr Kokorin 1 yilu 6 oy muddat, Pavel Mamayev esa 1 yilu 5 oy muddat davomida qamoqda ötirişadi. Natijada Kokorin dekabr oyida, Mamayev esa noyabr oyida ozodlikka çiqadi.
Eslatib ötamiz, 2018 yil oktabr oyida Kokorin va Mamayev Moskva şahridagi bir neça muştlaşuvlarda iştirok etişgani uçun hibsga olingan edilar. 2019 yil 8 may kuni futbolçilarga sud tomonidan qamoq jazosi tayinlandi.












