Prezidentning 5 ta muhim taşabbusi ijrosi yuzasidan Kattaqörğon tuman markaziy istirohat boğida tuman hokimligi, yoşlar ittifoqi tuman kengaşi, tuman xalq ta'limi bölimi, tuman madaniyat bölimi va barça hamkor taşkilotlar bilan birgalikda «Yoşlar sayli»» ötkazildi.

Tadbirda yoşlar tomonidan turli sahna körinişlari namoyiş etildi. Sportning stol tennisi, şaxmat-şaşka, milliy kuraş, boks va badiiy gimnastika turlari böyiça musobaqalar bölib ötdi.

 

Şuningdek, yangi badiiy kitoblar körgazmasi, xotin-qizlar uçun malakali tikuvçi-murabbiylar tomonidan taşkil etilgan öquv-treninglari, kompyuter savodxonligi darslari, «Yoş oşpazlar tanlovi» va  köngiloçar ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va konsert dasturlari taşkil etildi.

Ayni vaqtda Kattaqörğon tumanida yoşlar har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganligi tadbir davomida e'tirof etildi.

Jumladan, yoş oilalar uçun «Yoşlar uyi» qurilib, topşiriliş arafasida.  Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi tomonidan imkoniyati çeklangan yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida hamkor taşkilotlar bilan nogironligi bölgan yoşlarga 16 ta nogironlik aravaçasi va boşqa maxsus moslamalar topşirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 106 nafari öquv qurollari, 35 nafari dori-darmon, 62 nafari oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlandi.