Sohibqiron Amir Temur yuriş qilgan mamlakatlarida ham quriliş va obodonçilik işlarini olib borgani bizga ma'lum. Boşqa yurtlardan olimu hunarmandlarni Movarounnahrga olib kelib, öz yurtida ilm fan, me'morçilik va hunarmandçilik yuksak darajaga kötarilişiga sababçi böldi. Hattoki bugungi kunda ham Amir Temur va temuriylar davrida qurilgan obidalar dunyoning turli çekkalaridan kelgan sayyohlarni öziga rom etib kelmoqda.

Bugun biz ham aynan Sohibqironning buyruği bilan ona yurti Şahrisabzda qurilgan Oq saroy qarorgohi tarixi haqida fikrlaşmoqçimiz. Bizga bu masalada Şahrisabzdagi Amir Temur nomli moddiy-madaniyat tarixi muzeyi ilmiy xodimi Jasurbek Ahmedov yaqindan kömak berdi. Ayrim fakt va ma'lumotlarda Poyon Ravşanovning «Oq saroy tarixi» kitobidan foydalanildi.

Albatta, maftunkor Oq saroyning qurilişi haqida tarixiy manbalardan, jumladan, Zahiriddin Bobur va Klavixo Gonsalesning asarlari orqali işonçli ma'lumotlar va gözal ta'riflarga egamiz. Amir Temur me'morçilik sohasining yuksak namunasi sifatida qurdirgan imoratlari içida Oq saroy eng balandi, gözal va salobatlisi bölib, balandligi 70 metrdan ortiq bölgani, 1380-1405 yillar davomida qurilgani ham obidaning me'moriy jihatdan naqadar mukammaligini bildiradi.

Istiqlolga 28 yil tölayotgan bir davr oraliğida olib borilayotgan davlatimiz islohotlari, ayniqsa, tariximizga bölgan munosabat, madaniy merosni asrab avaylaş hamda turizmni rivojlantirişi borasidagi işlar, albatta, barçamizni quvontiradi. Xalqimizning bunga ijobiy munosabatini sayyohlar misolida ham körişimiz mumkin. Şunday bölsada, afsuski, ba'zi fuqarolarimiz ongida sobiq şöro davrida noxolis yozilgan risolalardagi fikrlarga ojizona ergaşişni köramiz. Bulardan biri Şahrisabzdagi Oq saroy majmuasining buzilişi haqida ham ana şunday noaniqliklarni kuzatamiz. Şu sababdan biz Oq saroyning qurilişi, haşamati haqida emas qurilgandan keyingi ötmişning suronli davrlarida qanday vayronagarçiliklarga uçragani haqida töxtalmoqçi böldik. Zero, bu urinişimiz «dengizdan bir tomçi» bölsada, tariximizni xolisona örganiş uçun köproq kitob öqişga undab, birgina manbani öqib, biryoqlama fikr bildirişdan qoçişga yordam beradi, deb umid qilamiz.

Xöş, Oq saroy qanday qilib vayron etilgandi? Temuriylar davrida Şahrisabz ham Samarqand singari temuriyzodalarning töqnaşuvlariga guvoh bölgan. Şunday bölsa-da, Uluğbek Mirzo (1409 y) taxtga ötirişi bilan bobosining işlari davomçisi sifatida Şahrisabzda Kök gumbaz singari imoratlar bino qildi. Şahrisabz va Oq saroy temuriylar uçun şonli yoki qiyinçilik davrlarida ham Samarqandga, ya'ni poytaxtga yaqin boşpana böldi.