Tuttosport naşri Yevropaning 2019 yildagi eng yaxşi yoş futbolçisi bölişga da'vogarlar röyxatini e'lon qildi.

«Golden Boy» sovrinini olişga 100 nafar futbolçi nomzod sifatida körsatilgan. Ular orasida mukofotning amaldagi sohibi Matteys de Ligt («Ayaks»), şuningdek, Vinisius, Andrey Lunin (ikkisi — «Real»), Fil Foden («Mançester Siti»), Matteo Genduzi («Arsenal»), Kallum Hadson-Odoi («Çelsi»), Jyeydon Sanço («Borussiya» D), Kay Havers («Bayyer»), Moyze Kin («Yuventus»), Janluiji Donnarumma («Milan»), Joau Feliş («Benfika») va boşqalar bor.

Ma'lumot uçun, sovrin UYeFAga a'zo mamlakatlarning birinçi ligasida töp surayotgan, 21 yoşgaça bölgan futbolçilardan biriga topşiriladi. Ğolib yetakçi sport naşrlari jurnalistlari örtasida sörovnoma ötkaziş orqali aniqlanadi.

2003 yilda ta'sis etilgan «Golden Boy»ni hozirça fransiyalik futbolçilar eng köp – 3 marta qölga kiritişgan. Klublar orasida esa 3 nafar öyinçisi bu e'tirofga loyiq körilgan «Mançester Yunayted» peşqadamlik qilyapti.