2019 yil 1 avgustdan kapital quriliş va oliy ta'lim tizimida tajriba tariqasida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oşiriş boşlanadi. Özbekiston kapital quriliş va oliy ta'lim tizimida mavjud korrupsiya holatlariga barham beriş maqsadi şunday loyiha ötkazişga asos bölmoqda. Çunki, Senat raisi Niğmatulla Yöldoşevning ta'kidlaşiça, har qanday islohotning muvaffaqiyati birinçi navbatda faqat va faqat ta'limga boğliq.
Uning fikriça, sohada hamon yeçimini kutayotgan va ma'lum ma'noda korrupsiyaga yöl oçib berayotgan muammolar ham borki, ularni töliq hal etmasdan turib, kapital qurilişda «Korrupsiyasiz soha» loyihasini samarali amalga oşiriş qiyin keçadi.
«2019 yil 1 avgustdan boşlab tajriba tariqasida, jamoatçilik va yetakçi ekspertlar, şu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqiçda kapital quriliş va oliy ta'lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşirişni taşkil etiş, 2020 yil 1 apreldan boşlab esa, loyihani boşqa sohalarga ham bosqiçma-bosqiç joriy qilişdan iboratdir.
Bu borada asosiy mas'uliyat kapital quriliş hamda oliy ta'lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasini tayyorlaş va amalga oşiriş böyiça işçi guruhlar zimmasiga yuklatiladi», - dedi Yöldoşev Senatda bölib ötgan majlisda.
Qayd etilişiça, mazkur işçi guruhlar faoliyati nafaqat qayd etilgan sohalarda, balki barça yönalişlardagi işlar samaradorligiga bevosita ta'sir körsatadi. Çunki, har ikkala sohada amalga oşiriladigan işlar boşqalar uçun namuna vazifasini ötaydi.












