Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
«Prezidentlar joriy yil 14-15 iyun kunlari Bişkek va Duşanbe şaharlarida bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşning beşinçi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almaşdilar.
Suhbatda Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaş, köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalarini körib çiqildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, joriy yil 30 may kuni Urganç şahrida bölib ötgan Özbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qöşma komissiya birinçi majlisida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş muhimligiga alohida e'tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar», deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengaşining ön töqqizinçi majlisi 13-14 iyun kunlari Bişkekda bölib ötdi. Unda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Sammitda Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Özbekiston Prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlaş kabi masalalar böyiça dolzarb fikrlar bildirdi.













