UYeFAning sobiq prezidenti Mişel Platini JÇ-2022 mezbonligini aniqlaşda korrupsiyaga yöl qöyilgani böyiça iş doirasida Fransiyada qölga olindi. Bu haqda suddagi manbalariga asoslangan holda Mediapart naşri xabar bermoqda.

63 yoşli sobiq futbolçi va sobiq amaldor Nanterredagi aksilkorrupsiya boşqarmasiga olib kelingan.

Manba ma'lumotiga köra, sobiq amaldor 18 iyun kuni hibs qilingan. Tekşiruv doirasida fransuz siyosatçisi, Nikolya Sarkozi prezidentligi vaqtida hukumat tarkibida bölgan, Yelisey saroyining sobiq boş kotibi Klod Gean ham söroq qilingan.

Ma'lumot uçun, 2010 yilning dekabrida FIFA ijroiya qömitasi yiğilişi qaroriga köra 2022 yilgi jahon çempionati mezbonligini Qatar qölga kiritgan. Öşa vaqtdayoq ingliz matbuotida uşbu jarayonda korrupsiyaga yöl qöyilgani ehtimoli böyiça tekşiruvlar çiqa boşlagandi. Xabarlarda ovoz beriş huquqiga ega bölgan ayrim amaldorlar Qatar vakillaridan 5 million dollar miqdorida pora olingani aytilgandi.

FIFA mustaqil komissiyaga uşbu işni tekşirişni topşirgandi. 2014 yilda bu işda korrupsion kelişuvni isbotlovçi dalillar topilmagani e'lon qilingandi.

1980-yillarda jahonning eng yaxşi futbolçilaridan biri bölgan, 1984 yilgi Yevropa çempionati ğolibi Mişel Platini UYeFAga 2007 yilda rahbar bölgan, 2015 yilda FIFAning sobiq rahbari Yozef Blatter bilan birgalikda 6 yil muddatga futboldan çetlatilgandi. Keyinroq bu muddat 4 yilgaça qisqartirilgandi.

FIFAning tartib-intizom böyiça qömitasi qarori 2011 yilda Blatter tomonidan Platini nomiga 2 mln dollar ötkazib berilgani munosabati bilan çiqarilgandi. Platini va Blatter esa bu ötkazma maoş sifatida mutlaqo qonuniy bölganini aytişgan va barça ayblovlarni rad etişgandi.

Iyun oyi boşida Platini şu yilning oktyabrida 4 yillik taqiq tugaşi munosabati bilan futbolga qaytişini ma'lum qilgandi. Bu haqda New York Times muxbiri UYeFAning sobiq rahbari bilan uçraşuvdan keyin aytgandi.

U naşr muxbiriga öz nomini butunlay oqlaş niyatida ekanini bildirgandi. Uning advokatlari 4ta sud instansiyasi, şu jumladan - inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat qilişgan.