Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy 67 yoşida vafot etdi.
2011 yilgi inqilobdan keyin hokimiyat tepasiga kelgan siyosatçi 2013 yilda hokimiyatdan çetlatilgandi.
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan siyosatçi navbatdagi sud yiğilişi vaqtida olamdan ötgan.
Reuters xabariga köra, Mursiy özi asosiy ayblanuvçi bölgan josuslik işi körilgan Qohiradagi sudda vafot etgan. Sud majlisidan keyin u huşini yöqotgan va jon bergan.
Mursiy Falastindagi HAMAS va Livandagi «Hizbulloh» taşkilotlari bilan ham aloqadorlikda ayblangan.
Muhammad Mursiy 2012 yili Misr tarixidagi ilk demokratik yöl bilan saylangan prezidentga aylangan edi. U «arab bahori» voqealaridan keyin sobiq prezident Husni Muborak ağdarilgaç ötkazilgan demokratik saylovlarda ğolib bölgandi - u «Musulmon birodarlar» harakati kömagi bilan hokimiyat tepasiga kelgan edi. Oradan bir yil ötib, Mursiy harbiy töntariş natijasida hokimiyatdan çetlatilgan - 2013 yil iyulida Abdul Fattoh as-Sisiy hukumat tepasiga kelgan va «Musulmon birodarlar»ni terrorçi taşkilot deb e'lon qilgan.
2015 yil aprelida Mursiy prezidentligi vaqtida namoyişçilarni hibsga oliş va qiynoqqa solişga buyruq berişda ayblangan, keyinroq 2011 yilgi qamoqdan qoçiş va undan keyingi ommaviy tartibsizliklar uçun aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilingan edi. Keyinroq hukm özgartirilgan — Mursiy umrbod ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Misrdagi naşrlar ma'lumotiga köra, Mursiy infarktdan vafot etgan. Uning soğligidagi muammolar haqida avval ma'lum qilinmagandi.












