Bank seyfini oçiş mutaxassislardan bir neça daqiqa/soat/kun vaqtni oladi. Bu ssenariy mazmuni va Gollivud filmining budjetiga boğliq (hazil). Seyflar qimmatli buyumlarni saqlaşning eng xavfsiz usullaridan biri hisoblanadi. Egasining işonçisiz ularni oçişni faqatgina öz sohasining ustalari amallay olişadi. Havaskorlar, katta ehtimol bilan, saqlovçi buyumni saqlayotgan narsalari bilan birgalikda yöq qilib yuborişlari mumkin.

Dunyoda şunday «seyflar» mavjudki, ularda kiçikroq armiyani berkitiş mumkin (balki, kattaroğini ham). Odatda ular qaysidir davlatning VIP-personalari uçun boşpana, zaxiralar ombori yoki strategik maqsadlarda foydalaniladigan bunker sifatida barpo etiladi.

Fort-Noks

5000 tonnalik oltin yombilar har qanday öğri-bosqinçi e'tiborini jalb qila oladi. Töğri, qölga kiritiş oson iş emas. Bosqinçilar duç keladigan qiyinçiliklar:

  • 4 devordan ötiş (2tasi qattiq nazorat ostida);
  • binoga kiriş (yonma-yon joylaşgan kazarmada oliy darajada tayyorlangan qurollangan 30 000 askar joylaşgan);
  • yölaklardagi labirint va qulflangan eşiklar;
  • ombor kodi fort xodimlari orasida bölingan holda saqlanadi, ularni yiğiş kerak;
  • 22 tonna oğirlikdagi eşikni oçiş;
  • minglab mitti qutilardan oltin zaxirasini ajratib oliş.

Tarixda Fort-Noksdan sanksiyasiz biror nimani olib çiqişga hattoki bitta ham uriniş kuzatilmagan. AQŞning oltinlari, albatta, bexavotir saqlanmoqda.

Şpitsbergen uruğ fondi

Agar yeyişga heç vaqo qolmasa, dunyo boyliklarining hammasi qadrsizlanadi. Şuning uçun Şpitsbergen orolida ulkan yertöla barpo etilgan. U Şimoliy qutbdan 620 mil (1125 km) uzoqlikdagi çöqqida 390 fut (120 metr) çuqurlikda joylaşgan. Bunkerni minglab kilometr yöl, qahraton harorat va oq ayiqlar muhofaza qilişadi. Inşoot konstruksiyasi ehtimoliy yadro zarbasini hisobga olgan holda barpo etilgan. Şuningdek, fond har qanday zilzilaga bardoşlidir (olimlar tasavvur qilgan darajada).