Rossiyaning ehtimoliy provokatsiyalari haqidagi xavotirlarning kuçayişi fonida Germaniyada xususiy boşpanalarga talab keskin oşdi, ular allaqaçon oddiy iste’molçilar uçun işlab çiqarilmoqda. Jumladan, sotuvda birinçi «uy bunkeri» - ixçam himoya moduli paydo böldi, deb xabar berdi BILD.
Boşpana prototipi 16 kvadrat metr maydonga ega bölib, devorlari qalinligi 20 santimetr bölgan temir-betondan yasalgan. Uning içida bir hafta davomida avtonom hayot keçiriş uçun zarur bölgan barça narsalar mavjud: törtta yiğma karavot, hojatxona, duş, mini-oşxona va deraza körinişidagi ekran. Unda yoruğlikni rang va yorqinlik böyiça sozlaş mumkin.


Loyiha asosçisi BSSD Defence kompaniyasi rahbari Mario Payde sözlariga köra, uşbu boşpana dronlar, minalar va hatto 107 mm kalibrli raketalar zarbalariga bardoş bera oladi. Agar bunker bir neça metr yer ostiga örnatilsa, u yadroviy portlaş oqibatlaridan ham himoya qila oladi, agar uning episentri 20 kilometrdan kam bölmagan uzoqlikda joylaşsa.
«Uy bunkeri» narxi bazaviy model uçun 50 ming yevrodan boşlanadi va töliq komplektatsiyada 150 ming yevroga yetadi. Bitta konstruksiyani tayyorlaş uçun taxminan 70 iş kuni talab etiladi.
«Biz bunker qayğuli beton quti emas, balki zamonaviy himoya va xotirjamlik vositasi ekanini körsatmoqçimiz», deb tuşuntirdi Payde.












