Qohira bir neça yuz yillar davomida turli davlatlar poytaxti bölgan va tarixi davomida köp narsani boşdan ötkazgan. Biroq hozirgi kundagi aholisi, sanoat korxonalari, bir neça kilometrga çözilgan avtomobil tirbandliklariga ega Qohira Misrning zamonaviy poytaxti konsepsiyasiga mos kelmayapti. 20 milliondan ortiq misrlik (mamlakat jami aholisining 1/5 qismi) yaşaydigan poytaxt aglomeratsiyasi maydoni har yili  tobora kengaymoqda, şahar çekkasi esa maşhur Giza piramidalari va Sfinks haykaliga yaqinlaşgan.

Foto: TravelAsk

Qohira şahrining “yukini yengillaştiriş” uçun Yangi Qohira aholi punkti taşkil etilgan. Bu yerga davlat va jamoat muassasalarining bir qismi köçirilgan. Biroq bu ham poytaxtdagi mavjud muammolarni hal qilmadi – şahar ösişda davom etdi. Biroq yaqin kelajakda Qohiradan şarqda joylaşgan, sahroda quriladigan şahar Misr poytaxtiga aylanadi, deb yozmoqda TravelAsk.

Loyiha Afrikadagi eng katta quriliş işlaridan biri bölişi rejalaştirilgan. Bölajak poytaxt esa mamlakatning aholi kam joylaşgan uşbu hududining rivojlanişiga hissa qöşadi.

Foto: TravelAsk

Misr Arab Respublikasining yangi aholi punkti Vedian nomini oldi, u tarjima qilinganida “daryoli vodiylar” ma'nosini anglatadi. Aslida bölajak poytaxtning joyi sahro yuragida, Suvayş port şahriga olib boradigan avtotrassa yaqinida joylaşgan va hududda yirik daryo mavjud emas. Mamlakat rahbariyatining fikriga köra, yangi poytaxt zamon bilan hamnafas yangi Misr timsoli bölibgina qolmay, Qohira va Suvayş portini boğlaş uçun ham xizmat qilişi lozim. Bu esa ijobiy iqtisodiy samara keltiradi.

Foto: TravelAsk

Yangi şaharda 7 million kişi yaşaşi közda tutilgan. Bu yerga respublika hukumati, ularning oila a'zolari birinçilardan bölib köçib keladi. Dastlab şahar mamlakatning siyosiy-ma'muriy markazi bölişi, şuningdek, bu yerda biznes-markaz va banklar töplanişi rejalaştirilgandi. Biroq vaqt ötişi bilan şahar öziga ajratilgan kvotadan ortişi, aholi soni tobora köpayib borişi ham hisobga olingan.