Xalqaro tergovçilar MH17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan tört kişining kimligini ma'lum qilişdi, deb xabar berdi halokat oqibatida halok bölganlarning qarindoşlari. Ularning sözlariga köra, gumondorlar Igor Girkin (Strelkov), Leonid Xarçenko, Oleg Pulatov va Sergey Dubinskiydir.
Halokatga aloqadorlikda gumon qilinayotganlar ustidan sud 2020 yil 9 martda boşlanadi, deb qöşimça qilgan halok bölganlarning qarindoşlari.
Avvalroq Malayziya boş vaziri Maxatxir Muhammad mamlakat hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasi “Boing”ining 2014 yil yozida Donbassda halokatga uçraşida Rossiya aybdorligining işonçli isbotini körmaganini bildirgandi.
2018 yil mayida tergov guruhi yölovçi samolyoti Rossiya qurolli kuçlarining “Buk” raketasidan urib tuşirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini örnata olmagan.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi böyiça yönalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uçragan. Uning bortida bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan. Voqeani tergov qiluvçi qöşma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan.












