Eron Inqilobiy gvardiyasi AQŞ dronini urib tuşirdi. Bu holat Vaşington va Tehron örtasidagi yadro kelişuvi barbod bölganidan söng mavjud qaltis vaziyat soyasida röy bermoqda. AQŞ harbiylari hodisaga izoh berişni rad etmoqda. 

RQ-4 Global Hawk droni urib tuşirilganiga doir xabarlar AQŞ armiyasi Eronni Ummon körfazidagi 2ta neft tankeriga hujum uyuştirganlikda ayblaganidan söng paydo bölmoqda. AQŞ neft tankerlariga hujumda Eronni ayblamoqda. Rasmiy Tehron bu ayblovlarni rad etmoqda. 

Eron Inqilobiy gvardiyasi dron Eron havo hududlariga kirgan vaqtda 20 iyun kuni ertalab urib tuşirgani haqida bayonot berdi. Dron Eronning Hörmuzgon viloyatining Qöhmuborak tumanida havo çegaralarini kesib ötgan. 

Eronning IRNA axborot agentligi urib tuşirilgan dron modeli haqida ma'lumot berib, uning RQ-4 Global Hawk ekanini bildirdi. 

  • AQŞ tomoni, hozirça, Eron hududida AQŞ droni borligini rad etiş bilan çeklanmoqda.