Xavfli alomatlar közga taşlanganda, öylab ötirişga vaqt yöq.

Quyoş urişi yaqinlaşib kelayotganini bildiruvçi belgilar

Issiq urişi — bu ortiqça qizib ketiş. U tana özini sovitolmasa ya'ni soğlom haroratga qaytolmaganda kelib çiqadi. 37,7 °S gaça daraja hisobga olinadi. Ortiqça qizib ketişning sabablari turli xil bölişi mumkin: jazirama, oğir jismoniy toliqiş, organizmda yetarli namlik yetişmasligi... Umuman olganda bu ahamiyatsiz. Quyoş urişi uning kelib çiqiş sabablaridan qat'i nazar bir xilda tahlikalidir.

Quyoş urişi — kuyişning bir turi. Bu töğridan-töğri quyoş nurlarining inson boş qismini qizitib yuborişi hisoblanadi. Yaxşiyamki, issiq ötişi birdaniga sodir böladigan hodisa emas. Uning öziga xos alomati mavjud — issiqdan silla qurişi. Bu jadallaşuvçi jarayon bölib, organizm haroratni nazorat qila olmayotgani va unga sovişga kömak zarurligidan xabar beradi. 

Termik silla qurişini har xil holatlarga doir quyidagi alomatlar orqali aniqlaş mumkin:
1. Oqargan, sovuq, xira teri;
2. Boş aylanişi;
3. Bemajollik va  ongning çalkaşişi;
4. Köz oldi qoronğilaşiş hissi;
5. Çuqur terlaş;
6. Boş oğrişi;
7. Köngil aynişi, yengil qayt qiliş;
8. Yurak urişi tezlaşişi;
9. Muşaklar siqilişi va iç ketişi;
10. Siydik rangining özgarişi (töq).

Issiq urişining alomatlari

Agar siz termik silla quriş belgilarini allaqaçon boşdan keçirayotgan bölsangiz, holat issiq urişiga yetgan bölişi ham mumkin. Uning alomatlari yanada jiddiyroq tus oladi:
1. Tana harorati 40 °S dan kötarilişi;
2. Nafas olişda qiyinçilikka duç keliş;
3. Oğizda suv töplanişi;
4. Bezgak tutişi;
5. Yurak urişida jiddiy buzilişlar;
6. Içki organlarning issiqdan şok tufayli faoliyatini töxtatişi ehtimoli;