Yoz - bolalar oçiq havoda köp öynaydigan vaqt. Ota-onalar ham farzandlarining iloji boriça oçiq havoda bölişini xohlaydi. Biroq, xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmasa, quyoş nuri bolalar salomatligi uçun xavfli bölişi mumkin. Bu haqda Qozoğistonning «Alau» reabilitatsiya markazi direktori, pediatr Mayya Şegebayeva ma’lum qildi.
Şifokorning fikriça, quyoş nuri teridagi murakkab biokimyoviy jarayonlarni faollaştiradi, butun organizmga, asab tizimiga, qon aylaniş tizimiga, umumiy metabolizmga foydali ta’sir körsatadi, bakteritsid xususiyatiga ega va vitaminlar sintezi mexanizmini faollaştiradi. Biroq, quyoş nuri ostida haddan ziyod böliş teskari ta’sir körsatişi mumkin.
«Agar uzoq vaqtga sayrga çiqsangiz yoki quyoş ostida köp vaqt qoladigan bölsangiz, bolaga qöl va oyoqlarini qoplaydigan yengil kiyim kiydiring. Boş kiyim kiydirişni unutmang, tananing oçiq qismiga maxsus quyoş kremini suring va bolani içimlik suvi bilan ta’minlang. Quyoş kremini tanlaşda körsatmalarga e’tibor bering - u bolalarda foydalaniş uçun möljallangan bölişi kerak. Foydalaniş qoidalarini diqqat bilan örganing», dedi u.
Mayya Şegebayeva ertalab soat 10.00 dan 16.00 gaça quyoş nurlari ostida bölmaslikni, bu vaqtni uyda yoki soyada ötkazişni tavsiya etadi.
«Agar siz kunni plyajda yoki parkda ötkazişni rejalaştirmoqçi bölsangiz, soyali joy toping va soyabon yoki çodir örnating. Bolalarni quyoşning tik nurlaridan himoya qiliş kerak, çunki ular sezgir böladi. Quyoşda yuriş oqibatida kuyiş körinişidagi turli toşmalar yuzaga keladi. Oğir holatlarda oğizda köpik paydo bölişi, köngil aynişi, isitma, titroq va boş oğriği paydo bölişi mumkin. Bunday holatda şifokorga murojaat qiliş kerak», dedi şifokor.
Agar bolani kun urgan bölsa, u davolanişi kerak, agar jiddiy bölsa, hatto kasalxonaga yotqizilişi mumkin. Şu bilan birga, şifokor kunning issiq vaqtida bolaga köp miqdorda suyuqlik berişni tavsiya etadi.
«Uşbu oddiy qoidalarga amal qilgan holda, bolangizni quyoş urişidan himoya qilişingiz mumkin. Farzandingiz salomatligi eng muhimi ekanini unutmang», deb ogohlantirdi şifokor.

















