25 may kuni Toşkent metrosida uç nafar litsey bitiruvçisi pirotexnika buyumlari bilan mayda bezorilik sodir qilgan. Ular «prank» video tayyorlab, internetga joylaş orqali pul işlaş va a'zolari sonini köpaytiriş  maqsadida, metro poyezdi «Bodomzor» bekatiga kelib töxtaganida pitardalar solingan sumkaga öt qöyib, holatni telefonda videoga olişgan.

Şundan söng bezorilar sumkani taşlab qoçişgan, vagondagi olov tezda bartaraf etilgan.

Kun.uz manbasiga köra, Yunusobod tumani ma'muriy sudining 4 iyundagi qaroriga muvofiq, ayblanuvçilar muqaddam ma'muriy javobgarlikka tortilmagani, qilmişlaridan çin puşaymonligi va yoş ekanligi inobatga olinib, ularga 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi belgilandi.

Ma'lum bölişiça, bu ösmirlar Şayxontohur tumanidagi 5-sonli aniq fanlarga ixtisoslaştirilgan akademik litsey talabalaridir. Ular «iPhone 5» telefonida olingan videoni internetga tarqatib ulgurişgan.

Bir haftalik qamoq jazosidan taşqari bu yigitlar, şuningdek, eng kam iş haqining 5,5 baravari miqdorida jarimaga ham tortilgan.