Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi Boeing halokati böyiça tergov natijalarini ma'qulladi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatining rasmiy Twitter sahifasida ma'lum qilindi.
Sudlanuvçilar kursisida nafaqat «Ukraina xavfsizlik xizmati gumon qilayotgan», balki «begunoh bolalar, ayollar va erkaklar ölimiga sababçi» bölganlar ham ötirişi kerak, deyiladi xabarda.
Bugun xalqaro qöşma tergov guruhi MN17 reysi halokatiga aloqadorlikda gumon qilingan tört kişining ismlarini ma'lum qildi. Ular Igor Girkin (Strelkov), Sergey Dubinskiy, Oleg Pulatov va Leonid Xarçenkolardir.
Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi böyiça yönalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uçragan. Uning bortida bölgan 298 kişining barçasi halok bölgan.












