18 iyun kuni Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi va Belarus Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat vazirligi örtasida qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat sanoati böyiça işçi guruhning birinçi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda Belarus va Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Belarus tomoni qişloq xöjaligida agrosanoat majmui sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qiziqiş bildirgan bölsa, Özbekiston tomoni sut işlab çiqaruvçi zavodlarni yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlaş, çorvaçilikda sutni köpaytiriş uçun laboratoriyalarni taşkil qiliş, ösimliklarni yetiştiriş, uruğçilik va yem-xaşak işlab çiqariş sohasida Belarus resurslarini tejovçi texnologiyalarni joriy etiş masalalari haqida fikr bildirdi.
Şuningdek, 2018 yil 12-13 sentabr kunlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning Özbekistonga rasmiy taşrifi çoğidagi qişloq xöjaligi sohasidagi kelişuvlarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi va qişloq xöjaligi böyiça Özbekiston-Belarus hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Işçi guruhi majlisi doirasida imzolangan şartnomaga köra, Özbekistondan Belarusga meva va poliz mahsulotlari yetkazib beriladi.
Bundan taşqari, "Fan+işlab çiqariş" formatidagi fan, ta'lim, işlab çiqariş yönalişlaridagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan Toşkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, "Texmaş" MÇJ, “Blyuming” MÇJ, «Beluniversalprodukt» UK örtasida memorandum imzolandi.












