Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida çiqiş qilgan Prezident tadbirkorlik faoliyati haqida gapirdi.

«Tadbirkorlar haligaça davlat idoralariga işonmayapti. Ikki örtada izçil munosabatlar yölga qöyilgani yöq.

Birgina Toşkent şahrining özida tadbirkorlarning 50 foizi norasmiy ravişda, «qora bozor»da yuribdi. Qaçon tartibga solinadi bu?», — deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş bilan boğliq muammolarni tizimli hal etiş, tadbirkorlarga kömak beriş maqsadida joriy yil 14 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari taşkil etilişi belgilangan.