Quriliş vazirligi Samarqanddagi uylar bilan boğliq muammolardan ham xabari yöqligini bildirdi. Milliy Matbuot markazida Samarqand şahridagi arzon uy-joylar bilan boğliq holat, ulardagi ayrim xonadonlarning maydoni şartnomada körsatilgan raqamlarga mos kelmasligi, bu holatda xaridorlar qanday yöl tutişi mumkinligi haqida savol kötarildi. Quriliş vazirligi mutasaddilari, Samarqand şahrida va umuman boşqa şaharlarda ham davlat buyurtmasi asosida qurilayotgan uylarda bu kabi kamçiliklar bölişi mumkin emasligini ta'kidlaşdi. Qolaversa, Samarqandda şunday holatdan xabari yöqligini ta'kidlaşdi. 

«Samarqanddagi holatni men eşitganim yöq. Yana takrorlayman, har bir obekt loyiha asosida quriladi. Agar loyihadan çetga çiqilsa, texnazorat qurilişni töxtatadi. 100 m2 örniga 95 qilib qöyişi mumkin emas. Bizning tasavvurimizda bölişi mumkin bölmagan iş. Siz manzilni bering. Biz örganib çiqamiz, ammo, takrorlayman, loyihadan çetga çiqiş mustasno», - deya javob berdi Quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov. 

Vazirlik mutasaddisi Dilşod Jalolov matbuot anjumanida davlat dasturlari haqida gap ketayotgani, xususiy kompaniyalar tomonidaan qurilgan yoki qurilayotgan işlar, ularning natijasi haqida muloqot qilinmayotganini bildirdi. 

«Hozir davlat dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylar haqida gap ketyapti. Şuni e'tiborga olinglar. Xususiy tartibda qurilayotgan uylar bilan davlat dasturi asosida qurilayotgan uylarni adaştirmanglar», - deya qayd etdi Dilşod Jalolov.

Eslatib ötamiz, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand şahrida «Özşaharqurilişinvest» kompaniyasi tomonidan qurilayotgan uylarning sifatidan norozilik bildirgan aholi bilan uçraşgan va mavjud kamçiliklar bartaraf etilişiga va'da bergan edi. 

Jurnalist, şuningdek, Toşkentda katta hajmda quriliş işlari olib borilayotgani sababli, şaharning kanalizatsiya tizimi bunday kölamdagi binolarga xizmat körsatişga qançalik layoqatli, degan savol bilan ham murojaat qildi. Kozim Tölaganov savolga javob berar ekan, şahar kanalizatsiya tarmoğining siğimi yetarli ekanini qayd etdi. 

«Toşkent şahrida kanalizatsiya tarmoği kuçi yetadi. Sergelida juda katta kanalizatsiya nasos stansiyasi qurildi. Bu tizim qurilganiga bir neça yil bölganiga qaramay, işlab turibdi. 

Suv masalasi ham şunday. Hozir, ToşGRESdan qöşimça 120 ming kub suv çiqaradigan loyiha ustida iş olib borilyapti. Qayerdadir quvurlarni kengaytiriş masalalari ham şu jumladan. Ayni vaqtda yaqin 4-5 yildagi quriliş hajmiga yetadigan quvvat bor. Zarurat paydo bölsa, 15-20 yildan keyin qanday böladi, degan istiqboldagi masalalar yuzasidan loyiha institutlar iş olib boryapti. Bundan könglingiz töq bölsin», - dedi Kozim Tölaganov.