Davlat dasturlari doirasida qurilayotgan yangi köp qavatli uylar sifatiga doir savollar paydo bölsa, öşa hududdagi quriliş ştabiga murojaat qiliş lozim. 20 iyun kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida Quriliş vazirligi mutasaddilari iştirokida taşkil etilgan matbuot anjumanida şunday fikr bildirildi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri. 

OAV vakillaridan biri, may oyidagi seryoğin kunlardan birida Sergeli-5 mavzesida barpo qilinayotgan köp qavatli yangi uylar yertölasi suvga tölgani, devor suvoqlari yuvilib ketganini qanday izohlaş mumkinligi, vazirlikning Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi bilan hamkorligi qay darajada ekani, uy egalariga jarimalar ajratilişi ehtimoli xususida qiziqdi. 

«Sergeli masalasida. 2017 yilda 6-mavzeda 102ta köp qavatli uylar qurib, foydalanişga topşirildi. Inson yaşamoqda, heç qanday savol yöq. 2018 yilda 120ta köp qavatli uy, 4992ta xonadon qurildi. Barça xonadonlar hujjat bilan topşirilgan. Sergelidagi yangi uylar quriliş maydonlaridagi işlar mening nazoratimda. Siz aytayotgan kommunal xöjaligi bilan boğliq muammo qayerdadir ekspluatatsiya talablari buzilgani sababli paydo bölgandir. Lekin yangi topşirilayotgan uylarning 99,9 foizida siz aytgan kamçilik mavjud emas», - dedi Quriliş vaziri örinbosari Kozim Tölaganov.

Bu masalada «Özşaharqurilişinvest» vakili ham izoh berar ekan, yertölaning suv tölişiga öxşaş holatlardan xabari yöqligi, bu haqda murojaat ham kelib tuşmaganini bildirar ekan, mabodo şunday noxuşlik röy bergan bölsa, yoğingarçilik haddan ortiq davom etgani sababli paydo bölgani ehtimolini rad etmadi. 

Vazirlik mutasaddisi Dilşod Jalolov jurnalist savoliga qöşimça qilar ekan, mabodo yangi uylarda quriliş sifati bilan boğliq muammolar paydo bölsa, şu yerdagi quriliş ştabiga kelib, murojaat qiliş zarurligini ta'kidladi. 

«Bitgan uylarni quruvçilar taşlab ketdi, degan gap-sözlar bölmasligi kerak. Ular navbatdagi uylarni qurmoqda. Agarda yangi uylarda kamçiligi bölgan bölsa, aholi öşa ştabga çiqib, bemalol murojaat qilişi mumkin edi. Sizlarda ham savol tuğilsa, ştabga borgan holda javob olsa böladi», - Dilşod Jalolov.

Kozim Tölaganovning ma'lum qilişiça, bugungi kunda Sergelidagi köp qavatli uylar qurilişida 9 ming kişi işlamoqda. Bu yil uşbu hududda 200 km kabel yotqizilişi, 50ta podstansiya qurilişi, 20 km gaz quvuri tortilişi lozim. Bundan taşqari, 35ta gaz taqsimlaş nuqtalari, 30 km aloqa yöllari barpo etilişi kerak.