Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan badaniga olov yoqilgan holda suvga sakragan şaxs videosi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Şu kunlarda internetda Urgançda yoşlar örtasidagi bahsdan söng yigitlardan biriga benzin quyib, yoqib yuborilgani, tanasini alanga qoplagan yigit köprikdan özini suvga otgani tasvirlangan video tarqalgandi.

«19 iyun kuni turli ijtimoiy tarmoqlarda «Urgançda yoşlar örtasidagi bahsdan söng yigitlardan biriga benzin quyib, yoqib yuborildi. U özini suvga otdi» nomli video tarqalgan bölib, uşbu video yuzasidan içki işlar organlari tomonidan olib borilgan dastlabki suriştiruv jarayonida videolavhada özlari aks etgan va ovozi qayd etilgan kimsalarning şaxsiga, hodisa qaçon va aynan qayerda bölganligiga aniqlik kiritildi», — deyiladi xabarda.

Aniqlanişiça, uşbu şaxslarning barçasi (tört nafar)  Xorazm viloyatida yaşaydi, ulardan biri 1992 yilda, qolgan uç nafari esa 1999 yilda tuğilgan. Videoda qayd etilgan holat 18 iyun kuni Urganç şahridan oqib ötuvçi Şovot kanali ustidagi piyodalar ötiş köprigida sodir bölgan.

Tanasida yonib turgan olov bilan suvga sakragan şaxs 19 iyun kuni şifoxonaga murojaat qilgan, unga «olovdan çap qöl yelka, böyin, ikkala kurak va bel sohalari I-II-IIIA darajali termik kuyiş. S-20%. Kuyiş kasalligi, kuyiş şoki örta oğir darajasi» taşxisi qöyilib, tibbiy yordam körsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganç şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.