AQŞ savdo vazirligi Xitoyning beşta kompaniyasini Amerika tovar va mahsulotlarini sotib olişga haqqi yöq yuridik şaxslar röyxatiga kiritganini ma'lum qildi.

Vazirlik matbuot relizida aytilişiça, röyxatdan Chengdu Haiguang Integrated Circuit, Chengdu Haiguang Microelectronics Technology, Higon, Sugon va Tszyannan kompyuter texnologiyalari universiteti joy oldi.

Uşbu taşkilotlar faoliyati AQŞ davlat xavfsizligi va taşqi siyosati manfaatlariga zid deb topildi. AQŞ kompaniyalari ularga tovar va xizmatlar sotiş uçun maxsus ruxsatnoma olişlari kerak böladi.

Qora röyxatga kiritilgan kompaniyalar öta tez işlaydigan kompyuterlar, mikroçiplar, dasturiy ta'minotlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Avvalroq Huawei kompaniyasi AQŞ qora röyxatidan joy olgandi.