Özbekiston jahon bozorida öz örniga ega bölişi uçun raqobatbardoş bölişi kerak. Buning uçun sifatli, zamon talabiga munosib mahsulotlarni işlab çiqariş lozim. Ammo eng katta muammo, Prezident Mirziyoyevga köra, işlab çiqilgan mahsulotlarning bozorini topişdir. U, Senatning 20-majlisida senatorlarga murojaat qilar ekan, ayni masalalar, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo böliş va bölmaslik ortidan kelib çiqadigan foyda-zararlar xususida ham fikr bildirdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Sifatli, jahon bozoriga mos, eksportbop mahsulot işlab çiqariş bir muammo bölsa, uning bozorini topiş 10 muammo. Rossiya va YevrAzeS (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) istaymizmi-yöqmi, asosiy hamkorlarimizdir. 70 foiz oldi-sotdimiz şular bilan boğliq. 

Mana yaqinda YevrAzeS mahsulotlarini bir xil markirovka (tamğalaş) qilişga ötadi. Biz mahsulotlarimizni uşbu ittifoq hududidan ötkazayotganimizda alohida közga taşlanib qoladi va munosabat ham şunga yaraşa böladi. Bundan kim zarar köradi? 

Ammo, bu taşkilotga a'zo bölsak, çegaralarni oçişga töğri keladi va mahalliy işlab çiqaruvçilar ittifoq talabiga moslaşgunça, çegaralarni oçganimiz tufayli kasodga uçraydi. Har tomonini öylab, manfaatlarimizga mos jihatini tanlaşimiz kerak», - dedi davlat rahbari. 

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mintaqaviy iqtisodiy integratsiya xalqaro taşkiloti bölib, bugungi kunda uşbu taşkilotga Armaniston, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya a'zodir. Moldova kuzatuvçi davlat hisoblansa, Vetnam, Eron, Xitoy, Kuba bilan erkin savdo hududi töğrisidagi kelişuvlar imzolangan. 

Ayni vaqtda Misr, Tayland, Möğiliston, Serbiya, Hindiston va Singapur bilan taşkilot va uşbu mamlakatlar örtasida erkin savdo hududini taşkil etişga doir muzokaralar olib borilmoqda. 10 mamlakat, jumladan, Vengriya, Koreya respublikasi, Indoneziya va Yaponiya kabi mamlakatlar uşbu ittifoq bilan hamkorlik masalalariga qiziqiş bildirmoqda. 

Umuman olganda, dunyoning 50ga yaqin mamlakati YeOII bilan hamkorlik qiliş istagini bildirgan.