Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda har qanday muammoni hal qilib berishni va'da qilib xorijiy kompaniya vakilidan 300 ming dollarga yaqin pul olgan shaxs ushlandi
2017 yil 1 mart kunidan 2018 yil 1 mart kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida xorijiy kompaniya “Lebstroy” MChJ nomidan harakatlanayotgan 38 yoshli A.L.dan 296 ming 163 dollarini olgan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 43 yoshli Sh.H. ushlangan. Bu haqda 2019 yil 20 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjatlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U bu pulni 3 mln 117 ming dollar miqdorida elektrlashtirish sohasida ishlatiladigan metall konstruksiyalar yetkazib berish tenderida yutib chiqish va unitar korxona tomonidan kelib chiqadigan har qanday muammolarni hal qilib berishni va'da qilib olgan va bergan va'dasini bajarmay kelgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:07 / 25.01.2026
Namanganda «Eshon» laqabli bezori qo‘lga olindi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
11:57 / 09.01.2026
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
21:54 / 20.12.2025