Panorama Mastcam kamerasi yordamida 11-avgust kuni - missiyaning 4982-mars kunida olingan. Marsdagi bir sutka «sol» deb ataladi. Tasvirlar Yerga yuborilgaç, yagona panoramaga birlaştirilgan.
Suratning old qismida kökimtir tuslar közga taşlanadi. Ufqdagi yardanglar - şamol eroziyasi şakl bergan qoyalar esa yorqin tonggi nur bilan yoritilgan.
Curiosity’ning Mastcam kamerasida olingan köplab suratlaridan farqli ravişda, bu panoramaga işlov berişda oq rang balansi tuzatilmagan. Şu tufayli Mars manzarasining erta tongdagi tabiiy tuslari saqlab qolingan.
Yardanglar qatlami Şarp toğining şimoli-ğarbiy qismida taxminan 16 kilometrga çözilgan. Balandligi qariyb beş kilometr bölgan uşbu toğ yonbağirlariga Curiosity 2014-yildan buyon kötarilib kelmoqda.
Yaqinda apparat yana bir muhim natijaga erişgan: uning yöl davomida balandlik böyiça kötarilişi bir kilometrga yetgan. Bu Marsda harakatlangan marsoxodlar uçun eng katta körsatkiç sifatida qayd etilmoqda.
Olimlar Curiosity yardanglarga yaqinlaşgani sari yanada batafsil tasvirlarni olişga umid qilmoqda. Ularning asosiy maqsadlaridan biri - bu ğayrioddiy qoyalar qanday şakllanganini aniqlaş.
Şarp toği köplab qatlamlardan taşkil topgan bölib, har biri Mars tarixining muayyan davri haqida maʼlumot beradi. Ularni örganiş orqali olimlar milliardlab yillar avval bu hududda köllar va suv oqimlari bölganini yaxşiroq tuşunib olgan.
Vaqt ötişi bilan suv qurib, tuz minerallarini qoldirgan. Toğda yangi yotqiziqlar töplanişi töxtaganidan keyin şamol materialning bir qismini asta-sekin yemirib ketgan bölişi mumkin. Yardanglar şu jarayon natijasida şakllangani taxmin qilinmoqda.
Hozir Curiosity özining beşinçi uzaytirilgan missiyasining ikkinçi yilida işlamoqda. Mazkur bosqiç örgimçak töriga öxşaş, kataksimon tuziliş hosil qiluvçi qirlarni örganişdan boşlangan.
Kelgusi bir yil atrofida marsoxod asosan sulfat va karbonat minerallariga boy qatlamlar böylab harakatlanadi. Bu qatlamlar Marsdagi qadimgi muhit va suvning qurib borişi haqida qöşimça maʼlumot berişi kutilmoqda.
Olimlar Curiosity 2027-yil davomida yardanglar etagiga yetib borişiga umid qilmoqda. Öşanda apparat robotlaştirilgan qöli yordamida uşbu qoyalarni bevosita örganib, yangi maʼlumotlar töplaşi mumkin.












