Bugun, 22 iyun kuni Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Uni Surxondaryo viloyat hokimi Töra Bobolov boşqarib borgan.
Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, sessiyada tumanni har tomonlama rivojlantiriş yölida amalga oşirilayotgan işlar tanqidiy baholanib, qölga kiritilgan yutuqlar bilan birga mavjud muammolarni yeçiş, odamlarni öylantirib, taşvişga solayotgan dolzarb masalalarni hal etiş borasidagi vazifalar tahlil qilingan. Qayd etilgan kamçiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar berilgan.

Sessiyada taşkiliy masala körilgan: Erkin Bozoroviç Boyniyazov Oltinsoy tumani hokimi vazifasidan ozod qilingan.
Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududlarni kompleks rivojlantiriş dasturlarini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği vazifasida işlab kelgan Alişer Turoboviç Jumayev Oltinsoy tumani hokimi etib tasdiqlangan.












