Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova 6 yil deganda ilk marta xalqqa murojaat qildi.
Uning qizi Imon Karimova instagramdagi sahifasida onasiga tegişli ekanligi taxmin qilingan va hozirda öçirilgan akkauntdan (@gulnarakarimovaupdates) olingan bayonotni joylaştirdi.
«Bu mening 6 yil içidagi ilk murojaatim. Men uçun duo qilganlarga rahmat deyman. Familiyamning mas'uliyatini his qilgan holda bilib-bilmay qilgan işlarim haqida öylab oliş uçun menda yetarliça vaqt böldi. Bu vaqt davomida özimga nisbatan talabçanroq bölişim va özimni siporoq tutişim lozim bölganini angladim.
Ortda qolgan bu qiyin davrda şunçalik özgardimki, hozir qilgan işlarim uçun özimga hukm çiqarişim mumkin. Men butun xalqdan, meni tuşungan va hurmat qilgan barçadan keçirim sörayman. Xuddi avval qilganim kabi hozir ham özimni oqlaş haqida öylayotganim yöq. Aktivlarim davlatga qaytarilişi borasida hamkorlik taklif qilinişi bilan hamkorlikni boşladim. Bu pullar Vatanim rivojiga katta hissa qöşadi deb öylayman.
Prokuratura mening davlatga qaytarilgan aktivlarim qiymati haqida aniq ma'lumot bermayotgan bölsa ham, men bu haqda protokol uçun aytişim mumkin. Mamlakat hududida bölgan 1,2 milliard AQŞ dollari qiymatidagi aktivlarim allaqaçon mening nazoratimdan çiqib ketgan va davlat budjeti foydasi uçun işlamoqda.
Şveytsariyadagi muzlatilgan hisob raqamlaridagi pullar haqida gapiradigan bölsam, bu faqat men bilan hal böladigan iş emas. Mening Özbekistondagi korxonalarimda işlagan 15 ming odam yordamida topilgan bu pullarga boşqa davlatlar ham da'vo qilmoqda.
Men va advokatlarim 131 million AQŞ dollari miqdoridagi pullar qaytarilişi uçun qölimizdan kelganini qilyapmiz. 555 million dollarlik boşqa summa uçun ham harakatni boşlaganmiz.
Körgan qiyinçiliklarim, bolalarimning oxirgi 2 yildagi körgan azoblari uçun nolimoqçi emasman. Mening işimni olib borganlarning köpiga hukm çiqarildi. Özining taşkiloti nomidan qölidan kelmaydigan va'dalarni berganlar esa iş joyini özgartirib ketdi. Masalan, uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş bölimi boşliği Şavkat Umrzoqov. Prokuraturaning boşqa xodimlari esa hozir ham mening ustimdan nazorat örnatişga harakat qilişmoqda.
Ayni damda meni salomatligim bilan boğliq muammo qiynamoqda. Ikkita operatsiyani ötkazişim zaruriyati Prezidentga murojaat qilişga majbur qildi. Men haqimda yolğon ma'lumot tarqatganlardan farqli ölaroq xalq mening mamlakatdagi eng katta qora kuç emasligimni bilişiga umid qilaman va bunga işonaman. Men yagona boquvçisi hisoblangan farzandlarim onasi bilan birga bölişga haqli. Ayniqsa davlatga xiyonat va terrorizmda ayblangan ayollar oilasiga qaytayotgan bir vaqtda. Yurak porogi bilan tuğilgan qizim ayniqsa köp qiynaldi.














