Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Şarğun şaharçasida istiqomat qiluvçi, «Umar Şams Fayz» xususiy korxonasi rahbari Şamşir Umarovdan tahririyatimizga qonuniy huquqlariga daxl qilinayotgani borasida murojaat kelib tuşdi va Kun.uz muxbiri murojaatni joyiga çiqib örgandi.
Yaqinda prezident qarori bilan respublika böysunuvidagi şaharçaga aylantirilgan Şarğunda ayni paytda keng kölamdagi obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. 1973 yilda taşkil etilgan şaharçaning köçalari kengaytirilmoqda. Yangi turar joylar barpo etilmoqda, mavjudlari ta'mirlanib, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari ötkazilmoqda.



Jumladan, Ş.Umarovga tegişli, Şarğun şaharçasining Boğ köçasi 90-uy manzilida joylaşgan dökon ham buzilib, ularning bir qismi kengaytirilayotgan yöl uçun davlat ixtiyoriga ötkazilmoqda.

«Men tadbirkorligimni yölga qöyiş uçun «Sanoatqurilişbank» Şarğun bölimidan katta miqdorda kredit olganman. Menga yölni kengaytiriş uçun davlat ixtiyoriga olinayotgan joyim evaziga heç qanday kompensatsiya tölanmayapti yoki boşqa yer maydoni berilmayapti. Boz ustiga bank garovga qöyilgan dökonim buzilgani uçun yangi garov talab qilmoqda. Menda garovga qöyadigan boşqa narsaning özi yöq.

Ayni paytda men orqadagi hovlimdan ayrim xonalarni moslaştirib, butunlay kasod bölmaslik uçungina savdo dökonimni yuritib turibman. Lekin rosti, juda qiynalyapman.

Mening tasarrufimdagi joyda esa hokimlik tasdiqlagan fasad böyiça ikki qavatli dökon tiklaşim ham kerak ekan. Özi eski dökon örnidan 3,7 metr kenglikda joy qoldi. U yerga ikki qavatli dökon tiklab böladimi? Yaxşiyamki dökonning orqa tarafida hovlim joylaşgan. Men hovlimni qisqartiriş evaziga dökon ham tiklarman. Lekin buning uçun menga Vazirlar Mahkamasining 2006 yil №97-sonli qarori talablariga köra, davlat ixtiyoriga ötayotgan joyim evaziga kompensatsiya tölab berişini talab qilaman.

















