Şveytsariya boş prokuraturasi 6 yil davom etgan tekşiruvlar yakunida Özbekiston bozoriga kirişga harakat qilgan xorijiy kompaniyalardan yirik miqdorlarda noqonuniy yiğimlar sxemasi tuzilganiga dalillar topgan.

Şveytsariya boş prokuraturasi uşbu tekşiruvlar asosida 130 million Şveytsar franki (133 million dollar) miqdoridagi mablağni Özbekistonga qaytaradi. Qayd etilişiça, gap «Gulnora Karimova işi» böyiça «muzlatilgan» pullar haqida ketmoqda.

«Olti yildan beri olib borilaëtgan murakkab jinoyat işi tergovining bir qismi sifatida Boş prokuratura Özbekiston bozoriga kirmoqçi ëki faoliyatini davom ettirmoqçi bölgan xorijiy kompaniyalardan yirik miqdordagi noqonuniy yiğimlar olinişi sxemasini foş qiluvçi dalillarga ega böldi. Bu sxema doirasida yiğilgan pullar xorijda, asosan Şveytsariyada yuvilgan. 

Uşbu tekşiruvlar asosida... 130 million frank qiymatdagi aktivlar Özbekistonga qaytariladi», deyiladi prokuratura xabarida.

Prokuratura xabarida qayd etilişiça, bu mablağlar Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning qarindoşiga nisbatan tergov jarayonida musodara qilingan edi.

Şveytsariya Boş prokuraturasi ma'lumotlariga köra, 2004−2013 yillarda «öta faol bölgan» Gulnora Karimovaning hukm qilingan qarindoşi (ismi oşkor qilinmagan erkak kişi) pul ötkazmalarining kelib çiqiş manbalari va haqiqiy foydalaniş maqsadlarini yaşirgan holda ulardan bir qismini yuviş maqsadida kompaniyalar nomidan bank hisob raqamlarini oçadi. U şuningdek, mablağlarning haqiqiy egasi Gulnora Karimova ekanini yaşiriş uçun soxta bank hujjatlariga imzo çekadi.

Tekşiruvlar davomida bu şaxsga 390 ming frank miqdoridagi jarima qöllangan. Bundan taşqari, prokuratura 130 million frankdan ortiq mablağni Özbekistonga qaytariş maqsadida musodara qilgan.

Ayni vaqtda Şveytsariyada bu iş doirasida yana 5 nafar gumonlanuvçi tergovda bölib turibdi, ularning hisoblaridagi 650 million frankdan ortiq mablağ ham muzlatilgan.

Eslatib ötamiz, Şveytsariya federal prokuraturasi 2012 yil ëzida oçgan jinoiy iş doirasida Gulnora Karimovaga qaraşli ekani aytilgan bank hisoblaridagi 800 million frank mablağ muzlatib qöyilgan edi.

Şveytsariya prokuraturasi baënotida muzlatilgan pullarning qolgan qismi taqdiri nima bölişi haqida ma'lumot berilmagan.