«Sevilya» yarimhimoyaçisi Kvinsi Promes yana «Ayaks» a'zosiga aylandi.

Amsterdamliklar jamoasi rasmiy saytiga köra, klub 27 yoşli öz tarbiyalanuvçisi bilan 5 yillik şartnoma tuzgan.

Promes «Ayaks»da 11-raqamda öynaydi. Uning uçun niderlandlar «Sevilya»ga 15,7 mln yevro tölaşmoqda. Bu summa bonuslar hisobiga yana 1,5 millionga ortişi mumkin.

Ma'lumot uçun, Promes 16 yoşida maydon va uning taşqarisidagi xulq-atvori tufayli «Ayaks» akademiyasidan çetlatilgan. Ilk professional şartnomasini 2011 yilda «Tvente» bilan imzolab, 2014 yilda Moskvaning «Spartak» klubiga ötgan. Rossiyadagi tört yillik faoliyatidan söng u ötgan yili 20 mln yevro evaziga «Sevilya»ga transfer qilingan edi.

Ispan klubi safida Kvinsi La Liganing 33ta turida maydonga tuşdi va 2+3 samaradorlik natijasiga erişdi.