Davlat soliq qömitasi Soliq konsepsiyasi doirasida soliq ma'muriyatçiligining yangi usullarini amaliyotga joriy qilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. 

Davlat soliq qömitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi DUK tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işlar sarhisobi ma'lum qilindi. Xususan, onlayn nazorat-kassa maşinalari va elektron hisob varaq-fakturalarni amaliyotga tatbiq etiş böyiça ötkazilayotgan tajriba loyihasi haqida söz yuritildi.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 1 iyulida onlayn nazorat-kassa maşinalari böyiça tajriba loyihasi yakuniga yetkaziladi. Uşbu loyiha Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi «Toşkent şahrida onlayn nazorat-kassa maşinalarini qöllaş böyiça tajriba loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan joriy etilmoqda.

«Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi mutaxassislarining qayd etişiça, 2019 yil 22 iyun holatiga turli yönalişda faoliyat olib boruvçi 175dan ortiq savdo şoxobçalarida ixtiyoriylik asosida fiskal modulga ega onlayn NKMlar örnatilib, 80 mingdan ortiq qabul qilingan xarid çeklarida jami 37 mlrd. sömdan ortiq miqdordagi tovar aylanmasi qayd etildi.

«Onlayn nazorat-kassa maşinasining afzalligi şundaki, avvalgi kassa apparatidan farqli ölaroq, uşbu qurilmalar orqali real vaqt rejimida xarid çeklari va tadbirkorlik sub'yektining haqiqiy tovar aylanmasi haqidagi ma'lumotlar soliq organlariga yuboriladi.

Eski uslubdagi kassa apparatlari böyiça ma'lumotlar uning xotirasida yiğilib borgan va faqatgina joylarga kelib soliq xizmati organlari tomonidan ma'lumot olingandan sönggina amalga oşirilgan savdo haqida xabardor bölingan»,  —  deyiladi qömita axborotida.

Hozirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Savdo va xizmat körsatiş sohasini yanada erkinlaştiriş hamda pul tuşumlari ustidan jamoat nazoratini kuçaytiriş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Farmoni loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun e'lon qilingan. Unda ham savdo şoxobçalari egalari, ham xaridorlar uçun imtiyozlar közda tutilmoqda.

Xususan, loyihada 2019 yil 31 dekabrga qadar har bir kassa uçun onlayn NKM xarid qiliş, örnatiş va işga tuşiriş bilan boğliq xarajatlar tadbirkorlik sub'yektlarining