Yevropa kengaşi parlament assambleyasida Moskvaning huquqlari tiklangani bois Kiyev özining Yevropa kengaşidagi elçisini çaqirtirib oldi. Bu haqda Ukraina taşqi işlar vaziri Pavel Klimkin özining Facebook sahifasida ma'lum qildi.
«Kengaş bizning işonçimizni yöqotdi va bu işonçni tiklaş juda qiyin böladi. U inson huquqlari uçun kuraş yetakçisidan oddiy menejyerga aylandi», — deb ta'kidladi u.
Şu bilan birga Klimkin Ukrainaning assambleyada iştirok emasligi vaqtinçalik ekanligini, Kiyev Yevropa kengaşini «Rossiya va uning döstlari ğajib taşlaşlari uçun berib qöymasligini» bildirdi.
25 iyun kuni Yevropa kengaşi parlament assambleyasi Rossiyani assambleyaning iyun sessiyasiga taklif qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Ukraina delegatsiyasi norozilik belgisi sifatida assambleyadagi iştirokini töxtatdi.












