Kanada aeroportlaridan birida kutilmagan voqea sodir böldi. Mahalliy aviakompaniyalardan birining bortkuzatuvçilari samolyot qöngandan söng salonda uxlab qolgan bir yölovçini sezmay taşlab ketişgan. Tifani Adams ismli uşbu yölovçi qoronğu tuşgaç uyğongan va salonda özidan bölak heç kim yöqligini aniqlagan.
Ayol dugonasiga qönğiroq qilib, “dahşatli” vaziyatga tuşib qolganini aytmoqçi bölganda telefon quvvatsizlanib öçib qolgan. Uni quvvatlaşning ham iloji bölmagan, çunki samolyotda elektr ta'minoti öçiq bölgan. Ayol vahimaga tuşgan bölsa ham özini yöqotib qöymagan, u uçuvçilar kabinasidagi ratsiyalar orqali aeroport xodimlari bilan ulanişga harakat qilgan, biroq uskunalar ham öçiq bölgan. Şundan söng ayol illyuminator orqali maxsus fakel yordamida SOS xabarini berişga urinib körgan.
Oxir-oqibat ayol qutqarib olingan, deb xabar berdi Sky News naşri. Keyinroq u aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida uni hali ham dahşatli tuşlar ta'qib qilayotganini yozgan. Aviakompaniya uşbu holat yuzasidan içki taftiş olib bormoqda.












