Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov: ko‘p yo‘nalishlarda hali proteksionizmdan voz kecha olmaymiz
Bugun, 26 iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikromov va palata mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Adham Ikromov Respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yilayotgan Bosh vazir qabulxonalariga oid ma'lumotlar berdi. Bosh vazirga murojaatlar joylardagi qabulxonalar, internet sahifa (buziness.gov.uz), shuningdek Savdo-sanoat palatasining 1100 qisqa raqamlari orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan. Murojaatlar qisqa (2 kun) va o‘rta (7 kun) muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi budjetdan mablag‘ olmaydi, faoliyat olib borayotgan 630 mingdan ortiq tadbirkorlarning faqat 1,5 foizigina palataga a'zo bo‘lishgan. Ammo bu ham o‘sishni anglatadi – ixtiyori a'zolar soni 2 mingdan 16 minggacha oshdi.
Ayrim sohalarda, xususan «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi tomonidan import poyabzallarga nisbatan bojxona to‘lovini oshirish taklifi yuzasidan o‘z fikrini bildirarkan Adham Ikromov shunday dedi:
– Bu hali bir taklif, qabul qilingani yo‘q, ammo juda ko‘p tanqidga uchragani rost. Lekin proteksionizmni hamma davlatlar qo‘llaydi. Bu birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha ish o‘rinlari va soliqlar demakdir. Masalan, hozir oziq-ovqat sohasida yetarli darajada rivojlanib bo‘ldik. Import uchun ochib qo‘yish aytarli zarar keltirmaydi. Lekin hali rivojlanish bosqichida turgan sohalar ham bor va proteksionizm qo‘llanmasa, u sohalar nafaqat rivojlanmaydi, balki xorijiy kompaniyalar dempingi tufayli butunlay barbod bo‘ladi. Lekin mahalliy ishlab chiqaruvchilarni haddan ziyod ko‘p qo‘llash ham rivojlanishni ortga suradi, aks ta'sir ko‘rsatadi. Shaxsan o‘zim iste'molchilar davlati uslubini emas, ishlab chiqaruvchilar davlatini qo‘llagan bo‘lardim. Chunki 33 milliondan ortiq aholiga ega bo‘lgan O‘zbekiston hamisha xorijiy ishlab chiqaruvchilar uchun maftunkor davlatligicha qoladi.
Xulosa qilib aytganda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kerak, lekin hammasi me'yorida bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
18:34 / 14.02.2026
Tadbirkor shakar importi uchun bojni olib tashlashni so‘radi
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
11:27 / 06.01.2026