Bugun, 26 iyun kuni Xalqaro press-klubning Özbekistonda oliy ta'lim sohasiga bağişlangan bir oylik sayyor sessiyalari xulosalari yuzasidan yakuniy muhokamasi bölib ötdi. Unda sohaga mas'ul hukumat mulozimlari va aksariyat OTMlarning rektorlari iştirok etdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sessiya avvalida XPK tomonidan bir oy davomida sayyor sessiyalarda OTM talabalari, professor-öqituvçilari va rektorlari tomonidan körsatilgan muammoli holatlar umumlaştirilgan holda sanab ötildi.
Talabalar ta'kidlagan muammolar:
- Oliy ta'lim va işlab çiqariş örtasida hamkorlik yöq. Şu sababli amaliyotning samarasi bugungi iste'molçilar talabiga javob bermaydi. Yozgi amaliyot esa korrupsiya holatlarini keltirib çiqaradi.
- Talabaning bilimini joriy baholaş tizimi talabga javob bermaydi, talabaning asl salohiyatini körsatib bermaydi. Bu esa ta'magirlikka asosiy sabab bölmoqda.
- Axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasi talab darajasida emas, ularning siğimi ösib borayotgan talabalar kontingentiga mos kelmaydi.
- Ayrim universitetlarda hatto internet yöq yoki tezligi juda past.
- Zamonaviy öquv-laboratoriya va öqitişning texnik vositalari yetarli emas.
- Ayrim öqituvçilar öz ustida işlamaydi, mutaxassisligi böyiça zamonaviy bilimlarga ega emas.
- Darslar qiziqarli bölmaydi. Yetarliça bilim berilmaydi.
- Öquv darsliklari eskirgan. Zamonaviy çet el darsliklari esa özbek tilida emas. Elektron kutubxona tölaqonli şakllantirilmagan.
- Magistraturaga qabul qiliş tizimi şaffof emas.
- Öqitiladigan fanlar soni juda köp. Nomutaxassislik fanlari ham yakuniy sessiyada mutaxassislik fanlari kabi talabni qöyadi. Talaba a'lo baho bilan sessiyani yopmasligi uçun nomutaxassislik fanlari ataylab bahoni tuşiradi.
- Eng korrupsiyalaşgan fanlar – ijtimoiy-gumanitar fanlardir.
- Davlat imtihonlarining ayrimlarini bekor qiliş kerak.
Professor-öqituvçilar ta'kidlagan muammolar:
- Malaka oşiriş tizimi talabga javob bermaydi. Ma'lumotlar eski, yangilanmaydi. Tizimda korrupsiya holatlari mavjud.












