Bola tarbiyasi masalasi jiddiy. Og‘ir ruhiy jarohat, o‘z-o‘ziga shikast yetkazish, asotsial xulq-atvor va hatto suitsid – ayrim hollarda ota-onalar bolalarni ana shunday salbiy holatlargacha olib borishadi, hatto ularga «yaxshilikni ravo ko‘rishsa-da». Psixolog Mayk Liri oila baxti uchun kurashda deyarli barcha ota-onalar yo‘l qo‘yadigan odatiy 20 ta xatolar ro‘yxatini tuzdi. U mijozlarining xatolarini boshqalar takrorlamasligi uchun ota va onalarni barini yaxshilab o‘rganib chiqishga chaqiradi.

Foto: Unsplash

Cheksiz erkinlik

Bolani qarorlar qabul qilishga o‘rgatish kerak. Kichik vazifalardan boshlab, asta-sekinlik bilan. To‘liq erkin tanlov – kichik odam uchun zo‘riqish va u eplay olmaydigan muammo hisoblanadi.

Ortiqcha maqtov

Ma'naviy va moddiy mukofotlar– kuchli rag‘bat ekaniga shubha yo‘q. Biroq shunday ota-onalar borki, ular farzandlarini deyarli har bir narsa uchun maqtashadi. Vaqt o‘tishi bilan bola atrofdagilarning maqtovi va ma'qullashiga tobe va «mukofotsiz» hech narsa qila olmaydigan odamga aylanadi.

Baxtli qilishga intilish

Farzandini sevadigan barcha ota-onalar uning baxtli bo‘lishini istashadi. Biroq bu hisni boshqa odamga «o‘tkazib» bo‘lmaydi. Bolakayning o‘zi ijobiy hislarni tuyishi va unga qoniqish hissini beradigan narsalarni topa olishi lozim.

Tantiqlik

Bolani qancha ko‘p erkalatishsa, unda «men biror narsaga ega bo‘lganimda baxtliman», degan fikr o‘rnashib qoladi. Tarbiyaga nisbatan bunday yondashuv tobelik va majburiy buzilishlarga olib keladi.

Foto: Unsplash

Axborot va jismoniy bosim

Ota-onalar quyidagicha o‘ylashadi: «bolada ahmoqona g‘oyalarga vaqt qolmasligi uchun uni maksimal darajada band qilish lozim». Natija: odamda “yonish sindromi” va g‘azab yuzaga keladi.

Intellektual rivojlanishga urg‘u berish

Aqlli va o‘qimishli bo‘lish – ajoyib. Biroq unga o‘ta ko‘p urg‘u berilsa, bolada dimog‘dorlik paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda esa ikkiyuzlamachilik ham kuzatilishi mumkin.