Microsoft Office 365 dasturlar töplamida hujjatlar işini sezilarli darajada osonlaştirib, tezlaştiruvçi katta yangilanişni amalga oşirmoqda. Özgariş matnli muharrir Word, elektron jadvalli Excel va taqdimotlar yaratuvçi PowerPoint uçun ta'sir körsatadi.
Word'ning yangi asbobi — Researcher for Word — boşqa dasturlarga ulanmasdan (masalan, brauzerga) qiziqarli mavzu böyiça ma'lumotlarni bir zumda qidirib topişga va formatlangan havolalarni töğridan-töğri muharrirga importlaşga yordam beradi.
Uning ma'lumotlar manbai sifatida onlayn-ma'lumotnomalar, ensiklopediya, ilmiy-tadqiqot markazlari, ma'lumotlar ombori va boşqalar kiradi. Microsoft qayd etişiça, Word uçun Researcher asosida Bing qidiruv tizimining Knowledge Graph ("Bilimlar tarmoği") semantik bazasi mavjud.
Yana bir yangi asbob — Editor for Word — Microsoft maşina ta'lim texnologiyasi yordamida orfografiya va grammatikani tekşirişga yordam beradi. Tizim nafaqat matndagi xatolarga urğu beradi, balki muallifga uslubiy yoziş böyiça tavsiyalar beradi, yanada köproq mos keluvçi sözlar va boşqalarni taqdim etadi.
Outlook elektron poçtaning Desktop versiyasi mobil dasturning Focused Inbox funksiyasini oladi. Gmail'da Priority Inbox kabi qabul qilinayotgan xabarlarni ma'lum bir "tarozi"ga soladi va ularni muhimligiga qarab ajratadi. Şuningdek, poçta mijozida Twitter'dagi kabi boşqa insonlarning (@ belgisi yordamida) murojaatnomalari paydo böladi. Xatda qayd etilgan foydalanuvçi poçtasi "Kimga" maydonida avtomatik holda qöşiladi (agarda uning kontakti manzillar kitobiga kiritilgan bölsa). Xatdagi insonlar nomi kök rang bilan ajratilgan böladi, qabul qilinuvçi qutidagi jönatmalar topiş oson bölişi uçun bayroqlar bilan belgilangan.
PowerPoint taqdimotlari endilikda zerikarli bölmaydi. Yangi Zoom funksiyasi slaydlar orasidagi jarayonni yanada silliq va jadalroq qilişga, şuningdek, boşqa zamonaviy effektlar qöşişga yordam beradi.
Bu qanday körinişda bölişini quyidagi video orqali tomoşa qiling:
















