«Benfika»ning yoş hujumkor yarimhimoyaçisi Joau Feliş katta ehtimol bilan faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.

Çorşanba oqşomida Lissabon klubi tomonidan Portugaliya fond birjasiga çiqarilgan ma'lumotda madridliklar Feliş uçun 126 mln yevro taklif qilgani aytilgan.

«Mazkur taklif hozirda örganib çiqilmoqda», – deyiladi rasmiy axborotda.

Hozirça ikkala klub matbuot xizmati ham bu haqda biror ma'lumot berganiça yöq.

BBC`ning qayd etişiça, 19 yoşli Joauning şartnomasida tovon puli 120 mln yevro deb körsatilgan, ammo «Atletiko» pulni bölib-bölib tölamoqçiligi bois 126 mln yevro taklif jönatgan.

Agar transfer şu narxda amalga oşsa, u holda Feliş – «Atletiko» tarixidagi eng qimmat xarid, jahon futbolida esa beşinçi eng qimmatbaho futbolçiga aylanadi. Hozirgaça Neymar, Kilian Mbappe, Filippe Koutino va Usmon Dembele bundan balandroq qiymatda transfer qilingan.

Bir hafta oldin Marca naşri öz manbalariga tayanib, portugaliyalik yoş yulduz Madridga kelgani va «Atletiko»da tibbiy körikdan ötib, şartnoma imzolagani va fotosessiyada ham qatnaşgani haqida xabar bergan edi.

Ma'lumot uçun, Feliş şu oy Portugaliya milliy jamoasida debyut qilib, Millatlar ligasida ğolib çiqdi. U kattalar futboliga ötgan yilning avgustida kirib kelgan va mavsum davomida 20ta gol urişga muvaffaq bölgandi.