Hozirça Özbekistonga jahon miqyosidagi qimmatbaho ilmiy-texnologik platformalar zarur emas, buning örniga mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarida texnoparklar taşkil etişga e'tibor qaratiladi.

Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov 26 iyun kuni Xalqaro press-klub sessiyasida şu haqda gapirib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«AQŞda Silikon vodiysi bor. Yoki [Moskvada] Skolkovo texnoparki bor. Bu kabilar bizga ham kerakmi, degan savolni men ham köp qöyganman. Bunday darajadagi katta «roskoş» [haşamat] bizga hozirça kerak emas. Albatta, kelajakda ularga ham kelamiz», – dedi vazir.

Abdurahmonovga köra, vazirlik ayni paytda OTMlar içida texnoparklar yaratiş yölida iş olib bormoqda.

«Şuning uçun Milliy universitet bilan hamkorlikda NAPA texnoparkini ta'sis etamiz. Informatsion texnologiyalar sohasida bizda NAPA texnoparki böladi. Sentyabrgaça işga tuşira olmasak ham, asosini qöydik.

Xorazmda Urganç davlat universiteti bilan Xorazm texnoparkini işga tuşiryapmiz. Maqsadimiz – universitetlarning içida texnoparklar quriş», – dedi Ibrohim Abdurahmonov.

Innovatsion rivojlaniş vazirligi rahbarining sözlariga köra, Özbekistonning uçta universitetida forsayt markazlari iş boşlaş arafasida.

«Qarorlarimiz tayyor. Iqtisodiyot, texnika va milliy universitetlarida forsayt markazlari oçiladi», – dedi u.

Eslatib ötamiz, may oyida vazirlik «NAPA Team» bilan hamkorlikda Toşkent şahrida rezidentlarga maksimal darajada qulay şaroit yaratiladigan, texnologiyalar transferini amalga oşiruvçi loyihalar va kompaniyalar uçun maqbul maydon bölib xizmat qiladigan NAPA texnoparkini ta'sis etiş böyiça investitsion loyihani işlab çiqilayotgani haqida xabar bergan edi.

NAPA texnoparkining yaratilişi axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislar sonini köpaytiriş orqali ilm-fan va ta'limning rivojlanişini rağbatlantirilişiga ta'sir körsatadi, şuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi yuqori malakali kadrlarning xorijga ketib qolişini töxtatib, AT sohasidagi yuqori texnologiyali mutaxassislarning mamlakatga kelişiga turtki beradi.

Innovatsion rivojlaniş vaziri: Özbekiston dunyoning eng ilğor 50 mamlakati tarkibiga kirişni rejalaştirmoqda