Toşkentning «Binokor» xokkey klubi Qozoğiston çempionatida iştirok etişga tayyorgarlik körmoqda, deb xabar beradi Shaiba.kz.
Avvalroq, Toşkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasida (OXL) iştirok etişi haqida xabarlar tarqalgan edi. (http://tribuna.uz/exLS55V4N0) «Binokor» esa «Humo»ning farm-klubi hisoblanadi.
«Binokor» dastlabki yiğinni 14 iyul kuni boşlaydi. Ungaça jamoaning Qozoğiston çempionatida iştirok etişi bilan boğliq barça yuridik masalalar hal qilinişi kerak.
Eslatib ötamiz, 2019 yil bahorida Toşkentda «Humo» muz saroyi oçildi va ilk marotaba mamlakat çempionati ötkazildi. Unda Toşkentning 4ta klubi iştirok etdi. Muntazam çempionatda «Humo» klubi ğalaba qozondi, biroq jamoa pley-offda muvaffaqiyatsizlikka uçradi. «Semurğ» klubi esa yakunda Özbekiston çempioni böldi.
Ma'lumot örnida, «Binokor» xokkey klubi 1971 yilda taşkil qilingan. 1973 – 1988 yillarda sobiq SSSR çempionatining birinçi va ikkinçi ligalarida öynagan.












