Qirğiziston parlamenti sobiq prezident Almazbek Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Unga korrupsiyada ayblov böyiça jinoiy iş oçiliş xavfi tahdid solmoqda.

Bir hafta ilgari deputatlar Atamboyevga qöyilgan ayblovlar röyxatini boş prokuraturaga topşirdi, ularning bir qismini boş prokuratura qöllab-quvvatladi.

Agarda Atamboyevga qöyilgan ayblovlar tasdiqlanib, sud uni aybdor deb topsa, sobiq prezident bir umrga qamalişi mumkin.

Korrupsiyaga qarşi kuraşmi yoki raqiblarga? 

Atamboyev 2017 yilda mamlakat prezidentligiga hozirgi davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov nomzodini ilgari surişni qöllab-quvvatlagandi.

Ammo 2018 yil bahorida Qirğizistonning sobiq va amaldagi prezidentlari örtasida jiddiy kelişmovçiliklar paydo böldi.

Hozirda Atamboyev jamoasidan birdaniga bir neça kişi jinoiy işlar böyiça tergov ostida. Bular sobiq boş vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldiyev (ikkisi ham hibsda), sobiq boş prokuror Aida Salyanova, sobiq soğliqni saqlaş vaziri Dinara Saginbayeva, sobiq boş vazir örinbosari Şamil Ataxanov va boşqalar. Boş vazirning sobiq birinçi örinbosari Askarbek Şadiyev sirtdan 10 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, özi esa Nyu-Yorkka qoçib ketgan.

May oyida Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qiliş töğrisidagi qonunni imzoladi. Unga köra, sobiq davlat rahbari vakolati tugagaç yoki hukumatdan çetlaştirilganidan söng ayrim hollarda jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.

Atamboyevga qarşi ayblovlarni maxsus deputatlar komissiyasi ilgari surdi.

Parlamentçilarning fikriça, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravişda ozod etilişi, Issiqköl va Çuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy özlaştirilişi, daromadlarni yaşiriş, Bişkek IES modernizatsiyasi böyiça korrupsiya işi va unga noqonuniy tarzda kömir yetkazib berilişiga aloqador.

Boş prokuratura ayblovlarning bir qismini qöllab-quvvatladi.

Atamboyevni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş böyiça parlament yiğilişi sobiq prezidentning iştirokisiz ötdi. U  öziga qöyilayotgan «ayblovlar mutlaq tuturiqsiz, huquqiy asosga emas, uydirma gaplarga asoslangan va amaldagi prezidentning siyosiy raqibini bartaraf etişga intilişi bilan boğliq»ligini aytdi.