Prezidentning “2017-2020 yillarda şaharlarda arzon köp kvartirali uylarni quriş va rekonstruksiya qiliş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinganiga 3 yil böldi. 

Aholini, şu jumladan, yoş oilalarni, eskirgan uy-joylarda yaşayotganlarni va uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan fuqarolarning boşqa toifalarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlaş yöli bilan ularning turmuş darajasini yanada yaxşilaş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş maqsadida 2016 yil 22 noyabrda uşbu qaror qabul qilindi. Ortda qolgan 3 yil davomida qanday amaliy işlar bajarildi?

2017 yil 13 yanvarda “Özşaharqurilişinvest” injiniring kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyaga quriliş işlarni öz vaqtida sifatli amalga oşiriş uçun buyurtmaçi vazifasi yuklatildi. 2017 yilgi davlat dasturi böyiça 191 ta köp qavatli uylarni quriş belgilab berildi. Dastur ijrosi öz vaqtida bajarildi. Birinçi yil bunyod etilgan uylarning pardozlaş işlarida kiçik kamçiliklar kuzatildi. Ammo, Özbekiston tarixida bunday katta hajmdagi quriliş işlari ilk marotaba amalga oşirilayotgani hisobga olinsa, buni qöpol xato deyiş noörin. 

Kompaniya zimmasiga belgilab berilgan yillik dasturdan birorta obektda quriliş işlari yakunlanmasdan qolmadi. Hammasi öz vaqtida topşirildi. 2018 yilgi dastur böyiça 355 ta köp qavatli uylar quriş vazifasi yuklatildi. Davlat rahbarining viloyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini örganiş yuzasidan qilgan taşriflari çoğida dasturga qöşimça ravişda uy-joylar quriş böyiça ham topşiriqlar berildi. Natijada yil oxiriga kelib, jami 413 ta köp qavatli uylar öz egalariga topşirildi. 

Joriy yilda esa dastur böyiça 403 ta köp qavatli arzon uylar bunyod etildi. 2019 yildan boşlab, 16 qavatli turar-joylar qurilişi ham özlaştirildi. Poytaxtning Sergeli tumanida 1 ta hamda Andijon şahrida 2 ta ana şunday uylar qurilişida sönggi pardozlaş işlari amalga oşirilmoqda.

“Özşaharqurilişinvest” injiniring kompaniya tomonidan 3 yil davomida  1007 ta arzon uy-joylar qurilib, 42 266 ta baxtli oila öz uyiga ega böldi. Şunday bölsa-da, bugun aholining uy-joyga bölgan talabi tölaqonli qondirilgani yöq. Hali neça minglab uy-joyga muhtojlar arizasi böyiça öz navbati kelişini kutmoqda. Hali qurilişlar davom etadi va aholining bu boradagi muammolari bartaraf etiladi.