Keça, 28 iyun kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi binosida 30 – iyun «Yoşlar kuni» munosabati bilan Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi bir guruh yoşlar hamda OAV vakillari iştirokida oçiq muloqot taşkil qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Unda siyosiy partiyaning yangi saylangan rahbari Alişer Qodirov yoşlar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. 

Tadbir davomida davlat va nodavlat taşkilotlarida xodimlarning mehnat qonunçiligida belgilanganidan köp vaqt işlaşi masalasida savol berilgan.

«Mehnat qonunçiligiga bir xilda amal qilinmasligi haqiqatda oğriqli masala. Bunda ayniqsa, turli taşkilotlarda işlovçi ayollar köproq qiynalişadi. 

Men bir muddat avval respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazida işlagan paytimda davlat va nodavlat taşkilotlarida işlovçi ayollarning özi, oilasi va farzandlariga köproq vaqt ajratişlari uçun şaroit yaratiş maqsadida ularning belgilanganidan bir soat kamroq işlaşini taklif qilgandim.

Milliy qadriyatlarni himoya qiliş partiyamizning asosiy maqsadlaridan biridir. Qadriyatlarimizda ayolga hurmat alohida örin tutadi. Şu boisdan, Milliy tiklaniş partiyasiga rahbar bölib kelganimdan söng viloyat bölimlariga tavsiya xati yubordim. Ya'ni korxona-taşkilotlardagi iş beruvçi va kasaba uyuşmasi qömitasi örtasida tuziladigan jamoa şartnomalariga ayollarning istagidan kelib çiqib bir soat qisqartirilgan iş vaqtini belgilaş böyiça qoida kiritişni taklif qilyapmiz. 

Taklifga köra, agar partiyamiz tizimida işlovçi ayollar özi istasa belgilanganidan bir soat kamroq işlaşi va köproq vaqtini özi va oilasi uçun ajratişi mumkin. Qaytaraman, bu majburiyat emas, tavsiya», deydi partiya rahbari.

Alişer Qodirovning aytişiça, bir neçta hududiy bölimlarda sinovdan ötkazilgan mazkur amaliyot özining yaxşi samarasini bergan. Xususan, ayollarning işga bölgan munosabati, qaraşi yaxşi tomonga özgardi, iş unumi oşdi, özlarining aytişiça, endi ular farzandlari tarbiyasiga köproq vaqt ajratmoqdalar.