AQŞ Venesuela milliy ta'sis yiğini a'zosi, prezident Nikolas Maduroning öğli Nikolas Ernesto Maduro Gerrani sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda AQŞ moliya vazirligi xabar qildi.
“Maduro Gerra taşviqot uçun sa'y-harakatlar amalga oşirgan va senzura qöllagan, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores bilan birga konlardan daromad olgan. Joriy yil boşida Maduro Gerra mamlakatga gumanitar yordam yetkazilişini Venesueladagi demokratiyaga putur yetkaziş deb ta'riflab, Venesuela milliy qurolli kuçlariga uni rad etişi uçun bosim ötkazgan”, deyilgan xabarda.
AQŞ moliya vazirligining ta'kidlaşiça, Maduroning öğli konlarni özlaştirişdan noqonuniy daromad olgan.














