Liviya milliy armiyasi harbiylari Tripoliga uçuvçi turk fuqarolik samolyotlari uçun osmonni yopişni va Liviya sohillariga yaqinlaşuvçi turk kemalariga hujum qilişga buyruq oldi. Bu haqda milliy armiya rasmiy vakili Ahmad al-Mismariy ma'lum qildi. 

Al-Mismariy matbuot-anjumanda turk harbiylarini Tripoli uçun janglarda Fayoz Sarroj boşçiligidagi milliy kelişuv hukumati tomonda iştirok etayotganlikda ayblagan. Uning aytişiça, turk uçuvçisiz qurilmalari Garyan şahrini egallaşda qöllangan.

“Liviya armiyasi marşali Halifa Haftar harbiy-havo kuçlari ştabi qömondonligiga Turkiyadan kelayotgan kemalarga Liviya suv hududlariga kirişi bilan hujum qilişni buyurdi”, deb aytgan al-Mismariy.

Şuningdek, Tripoliga parvoz qilayotgan turk fuqarolik samolyotlari uçun Liviya osmonini yopiş buyurilgan hamda Liviya samolyotlariga Turkiyaga uçiş taqiqlangan.  

Haftar kuçlari 28 iyunda Tripoli atrofida milliy kelişuv hukumatini qöllab-quvvatlovçi kuçlar dronini urib tuşirdi. Milliy armiya ştabida dron Turkiyada işlab çiqarilgani ma'lum qilingan.    

27 iyunda Sarroj boşçiligidagi kuçlar Garyan şahrini Haftar kuçlaridan tortib olgan. Şahar milliy armiya kuçlari tomonidan aprelda egallangandi.